Hodisa

Toshkent viloyatidagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi — video

Qutqaruvchilar yong‘inni ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirgan, yong‘in sabablari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

11-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Uch qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 11-avgustga o‘tar kechasi soat 02:22 da Toshkent viloyatidagi “Uch qahramon” bozorida sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 02:29 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 03:24 da qurshab olingan va soat 04:46 da o‘chirilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Yong‘in sababi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda sintepon ishlab chiqaruvchi fabrikada yong‘in sodir bo‘lgandi. Voqea joyiga poytaxt FVB rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar vakillari yetib borgan. Jabrlanganlar haqida xabarlar yo‘q.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная