Hodisa

Toshkent viloyatidagi tog‘larda yirik yong‘in sodir bo‘ldi — video

Qutqaruvchilar qariyb to‘rt soatdan buyon yong‘inni bartaraf etmoqda, maxsus texnikalar ishlamoqda.

24-iyul kuni Toshkent viloyati tog‘larida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda guvohlar NOVA24 botiga xabar berishdi. Viloyat FVB rasmiy izoh berdi.

Hodisa soat 11:16 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Xo‘jakent” mahallasi tog‘larida sodir bo‘lgan. Yong‘in taxminan 2 gektar maydonda sodir bo‘lgan, quruq o‘t va shoxlar yonmoqda. Qutqaruvchilar voqea joyiga soat 11:30 da yetib borgan. Hozirda mutaxassislar yong‘inni o‘chirish jarayonida, maxsus texnikalar ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda rekonstruksiya qilinayotgan binoda yirik yong‘in sodir bo‘lgandi. Poytaxt osmonini quyuq qora tutun qoplagan. Guvohlarning NOVA24’ga aniqlik kiritishicha, yong‘in xususiy tibbiyot klinikasining yangi binosida sodir bo‘lgan, uni o‘chirishga suv tashuvchi mashina jalb qilingan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная