Toshkent viloyatida yuk mashinasi bolani bosib ketdi — video
Bola velosipedda yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan, lekin haydovchi tormozni bosishga ulgurmagan.

11-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda yuk mashinasi velosipedda bolani bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati YHXB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 5-iyun kuni soat 11:30 larda Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi D-022 Nurafshon—Oqqo‘rg‘on—Yangiyo‘l avtomobil yo‘lining 57-kilometrida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, MAN rusumli yuk mashinasining 29 yoshli haydovchisi velosipedda yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yuborgan.
Bola ko‘plab jarohatlar olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Bolaning ahvoli haqida hech narsa ma’lum emas. Mazkur holat yuzasidan tekshiruv boshlandi, hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda ekskavator haydovchisi nafaqaxo‘r ayolni urib yuborgandi. Erkak yo‘ldan o‘tayotgan keksa ayolni payqamagan, endi uni yetti yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
Izohlar