Toshkent viloyatida yo‘qolgan to‘rt yoshli bolaning jasadi ariqdan topildi
Prokuratura tergov boshladi.

17-avgust kuni Toshkent viloyatida yo‘qolgan to‘rt yoshli bolaning jasadi ariqdan topildi.
Hodisa 16-avgust kuni O‘rta Sirdaryo tumanida sodir bo‘lgan. 23 yoshli fuqaro viloyat IIB navbatchilik qismiga murojaat qilib, 4 yoshli o‘g‘li bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan. Onasining aytishicha, bola uydan chiqib, yo‘qolib qolgan. Voqea joyiga tuman prokurori v.b., tergovchi, tuman IIB boshlig‘i va tezkor-tergov guruhining boshqa a’zolari yetib borgan.
18-avgust kuni “Yangiturmush” mahallasidan oqib o‘tuvchi ariqdan bedarak yo‘qolgan bolaning jasadi topildi. Ko‘rikda tan jarohatlari aniqlanmadi. Bolani qidirishga mahalliy aholi, shuningdek, turli tumanlardan ko‘ngillilar chiqqan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Namanganda ikki o‘smir suv kanalida cho‘kib ketgandi. Bir bolaning jasadi ikki kundan keyin topilgan, ikkinchisini esa g‘avvoslar qidirmoqda.
Izohlar