Hodisa

Toshkent viloyatida yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi

Yong‘in 69 yoshli fuqaro tomonidan ichimlik suvi quvurini payvandlash vaqtida xavfsizlik texnikasi buzilishi oqibatida kelib chiqqan.

Фото: Хокимият Ташобласти

Toshkent viloyatida 20-sentyabr kuni yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bo‘stonliq tumani hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 13:00 atrofida Bo‘tanliq tumani Yakkatut qishlog‘iga tutash Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari, 40 nafardan ortiq ishchi-xodimlar, 10 nafar o‘t o‘chirish brigadasi ko‘ngillilari hamda tuman IIB xodimlari yetib borgan.

Yong‘in soat 14:40 da o‘chirilgan. Ma’lum qilinishicha, buning oqibatida 1,5 gektarga yaqin qurigan o‘t yonib ketgan. Yong‘in Yakkatut qishlog‘ida yashovchi 1956 yilda tug‘ilgan fuqaroning ichimlik suvi uchun metall quvurni payvandlash vaqtida texnika xavfsizligini buzishi oqibatida kelib chiqqan.

Mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 84-moddasi 3-qismi (O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. U 20 BHM (8 mln 240 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Bunga yoqilg‘i quyish mashinasidan propanni to‘kishdagi texnologik nosozlik sabab bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная