Toshkent viloyatida uch nafar bola suv havzasida cho‘kib ketdi — video
Voqea joyida cho‘milishni taqiqlovchi belgilar bo‘lmagan, Bosh prokuratura tergov boshladi.

14-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda suv havzasida uch nafar bola cho‘kib ketgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fojia Parkent tumanida sodir bo‘lgan. Vakolatli organlar tomonidan kanalga taqiqlovchi belgilar o‘rnatilmagan, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmagan, chuqurligi taxminan ikki metr va o‘lchami 20*40 m2 bo‘lgan sun’iy ravishda yaratilgan suv havzasini yo‘q qilish choralari ko‘rilmagan.
Barcha holatlarni tekshirish va bir qator tergov harakatlarini o‘tkazish zarurligini hisobga olib, aybdorlarni 116-modda (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaslik) va 207-modda (Kasbga sovuqqonlik bilan qarash) bo‘yicha javobgarlikka tortish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. “Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda bog‘cha tarbiyalanuvchisi kattalar qarovisiz qolib, kanalga cho‘kib ketgandi. Bolalar bog‘chasi rahbariyati yopilmagan ariq bilan bog‘liq potensial xavf haqida ogohlantirilgan.
Izohlar