Hodisa

Toshkent viloyatida Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida odamni urib yubordi — video

Yigit olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyatida Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 21 yoshli yigitni urib yubordi, deb yozadi Millar.

Halokatli YTH 2025-yil avgust oyida Yangiyo‘l tumanida sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan yigitni urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovonida ikki marta odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, bir kishi jarohatlangan. Ikkala holatda ham yengil avtomobil haydovchilari boshqaruvni yo‘qotib, yonma-yon harakatlanayotgan yuk mashinalariga borib urilgan.

Avvalroq Toshkentda birdaniga to‘rtta avtomobil YTHga uchragani haqida xabar berilgan edi. Haydovchilardan biriga shifokorlar yordami kerak bo‘ldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная