Toshkent viloyatida sinfdoshini o‘ldirgan maktab o‘quvchisi qamaldi
Sudda o‘smir jinoyatni qasddan qilmaganini aytdi.

Toshkent viloyatida o‘z sinfdoshini pichoqlab o‘ldirgan maktab o‘quvchisiga hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda Millar.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudida sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Sud 16 yoshli o‘smirni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ayblanuvchi kechirim so‘radi va buni ataylab qilmaganini aytdi. Uning qilmishi sabablari haqida hech narsa ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, voqea 6-iyun kuni Chinoz tumani “Yallama” mahallasidagi futbol maydonida sodir bo‘lgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 17 yoshli yigit pichoq bilan o‘ldirilgan. Marhumning onasi o‘g‘lini yolg‘iz o‘zi tarbiyalaganini aytdi. Bundan tashqari, ayblanuvchi ularning uyiga tez-tez mehmonga kelib turgan.
Izohlar