Hodisa

Toshkent viloyatida sellofan paketlar ishlab chiqarish sexi yonib ketdi — video

Yong‘in bir yarim soat davomida o‘chirildi, hech kim jabrlanmadi.

Toshkent viloyatida sellofan paketlar ishlab chiqarish sexida 26-oktyabr kuni yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, voqea soat 20:06 da Zangiota tumani Nazarbek MFY Hurriyat ko‘chasida sodir bo‘lgan. Sellofan paketlar ishlab chiqarish sexi yonib ketdi. Yong‘in joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:17 da yetib borib, yong‘in soat 20:51 da qurshab olingan va soat 21:40 da to‘liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Avvalroq Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Oqibatda qurilish materiallari yonib ketgan, yong‘in sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda maktabda yong‘in sodir bo‘lgandi. Qutqaruv guruhlari qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etdi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная