Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni urib yubordi — video
Jabrlanganlar yo‘q, tergov olib borilmoqda.

15-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni urib yuborgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi .
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa Bekobod tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi JAC mikroavtobusini boshqarib, temir yo‘lga chiqib ketganida, unga poyezd kelib urilgan. YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan, avtomobil va poyezd texnik shikastlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda yigit huquq-tartibot xodimlaridan yashirinish maqsadida ikkita avtomobilni urib yuborgandi. Hozirda jinoyatchi tergovning tugashini kutib, izolyatorda saqlanmoqda.
Izohlar