Hodisa

Toshkent viloyatida polietilen ishlab chiqaruvchi korxona yonib ketdi — video

Yong‘inni o‘chirish uchun qutqaruvchilarga bir soat kerak bo‘ldi.

5-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat FVB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 09:06 da Toshkent tumani “Binokorlar” ko‘chasida joylashgan polietilen ishlab chiqarish korxonasida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:15 da yetib borgan. Yong‘in soat 09:40 da qurshab olinib, soat 10:04 da bartaraf etilgan.

Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Bunga yoqilg‘i quyish mashinasidan propanni to‘kishdagi texnologik nosozlik sabab bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная