Toshkent viloyatida tabiiy gazni katta miqdorda talon-toroj qilgan korxona topildi, deb xabar bermoqda O‘zenergoinspeksiya axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea O‘rta Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan. Oilaviy korxona binosida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish aniqlandi.

Mutaxassislar yetkazilgan zarar 1 mlrd 5 mln so‘mni tashkil etganini aniqladi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xorazm viloyatida tabiiy gaz o‘g‘irlanishi holatlari aniqlangani haqida xabar berilgandi. Davlatga yetkazilgan zarar yuz millionlab so‘mni tashkil etgan.