Hodisa

Toshkent viloyatida o‘smir maktab o‘quvchisini urib ketdi

Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi, huquq-tartibot idoralari hodisani tergov qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Malibu avtomobili maktab yonida o‘smirni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati YHXB holat yuzasidan izoh berdi.

Hodisa 2-sentyabr kuni Quyi Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan. Avtomobilni 17 yoshli o‘smir boshqargan, u joyidan qo‘zg‘almoqchi bo‘lganida 44-maktabning 16 yoshli o‘quvchisini urib yuborgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ta’kidlashicha, haydovchi maktab o‘quvchisi emas, lekin haydovchilik guvohnomasiga ega emas. Hozirda avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijonda Damas haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani belgilanmagan joyda urib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная