Hodisa

Toshkent viloyatida o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi — video

Yong‘inning aniq sababi hozircha ma’lum qilinmagan.

Toshkent viloyatida o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi — video

14-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat FVB NOVA24’ga voqeasi yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 15-iyun kuni o‘rmon xo‘jaligida sodir bo‘lgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 12:43 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:00 da qurshab olingan va soat 13:26 da o‘chirilgan.

Yong‘inni o‘chirishda uchta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 18 nafar xodim, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligining 20 nafar xodimi ishtirok etgan bo‘lib, yong‘in oqibatida 50 kvadrat metrga yaqin quruq o‘tlar nobud bo‘lgan, jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Avvalroq Toshkentda mebel sexi yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Yong‘in bir necha soat davomida o‘chirilgan, hodisa sababi va yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, “Qamchiq” dovonida Nexia yuk mashinasiga borib urilgan va yonib ketgandi. Qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirib, jabrlanganlarni shifoxonaga olib ketishgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid