Hodisa

Toshkent viloyatida o‘qituvchi sinfda bolalarni kaltakladi — video

Bolalar ombudsmani zo‘ravonlik holati nazoratga olinganini ma’lum qildi.

28-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi bir nechta bolani kitob bilan urgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani NOVA24’ga rasmiy izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, holat Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, videodagi ayol jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi va o‘sha pedagog o‘quvchilarni muntazam ravishda urib, haqorat qiladi.

Maktab pedagoglarining so‘zlariga ko‘ra, bu o‘qituvchi shu kabi harakatlari uchun ishdan bo‘shatilgan. Ushbu holatni o‘rganib chiqib, qonuniy chora ko‘rishingizni so‘raymiz, — deyiladi xabarda.

Bolalar ombudsmani matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan ushbu zo‘ravonlik holati nazoratga olingan. Bolaning qiziqishlarini hisobga olgan holda o‘rganish o‘tkaziladi, uning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Olmaliqda murabbiy va MMA jangchisi bolalarni ayovsiz kaltaklagandi. Shuningdek, u yomon xulq-atvori yoki baholari uchun ota-onasining iltimosiga binoan jismoniy zo‘ravonlik qo‘llagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная