Hodisa

Toshkent viloyatida milliardlab so‘mning xorijga chiqib ketishiga chek qo‘yildi

Huquqbuzar chet el valyutasini bojxonadan olib o‘tishga uringan 34 nafar fuqaro o‘rtasida taqsimlab bergan.

Toshkent viloyatida qo‘riqchilar katta miqdordagi valyutani Tojikistonga olib chiqib ketishning oldini oldi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” bojxona postida sodir bo‘lgan. 34 yoshli mahalliy fuqaro tashuvchi sifatida harakat qilgan 34 nafar fuqaroga qo‘shni davlatga valyutani olib chiqib ketish uchun 18 680 300 Rossiya rubli, 140 700 Tojikiston somoniysi va 180 000 000 so‘m pul mablag‘larini topshirgan va buning evaziga pul mukofoti olishi kerak bo‘lgan.

Tartib posbonlari fuqarolarni to‘xtatib, ularga nisbatan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirgan. Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari bojxona postiga yaqin joyda bo‘lgan mahalliy fuqaroning Tracker rusumli avtomashinasida tintuv o‘tkazdi. Shuningdek, transportda olib ketish uchun mo‘ljallangan 13 538 305 Rossiya rubli, 24 107 Tojikiston somoniysi, 885 yevro, 300 dollar, 300 Xitoy yuani, 6 840 Qirg‘iziston somoniysi va 10 207 000 so‘m pul mablag‘lari topib olingan. Olingan valyuta ham ishga qo‘shib qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, maxsus operatsiya davomida aniqlangan pul mablag‘larining umumiy miqdori 5,2 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Hozirda IIB xodimlari tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda bojxona qonunchiligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Huquq-tartibot idoralari, shuningdek, olib ketilayotgan valyuta aynan kimga tegishli ekanligini aniqlamoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda bir million dollardan ortiq mablag‘ning xorijga chiqib ketishining oldi olingani xabar qilingandi. Huquqbuzarlar katta miqdorda jarima yoki qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная