Toshkent viloyatida maktab o‘quvchisi avtomobil haydab ketayotganda qo‘lga tushdi — video
Hujjatsiz yigit maktab atrofidagi ko‘chalarda aylanib yurgan.

Toshkent viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari avtomashina haydab ketayotgan voyaga yetmagan yigitni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Voqea Toshkent tumanidagi 1-sonli maktab yonida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot xodimi Damas haydovchisini to‘xtatgan. Hujjatlar tekshirilganda, yigitning voyaga yetmagani va haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Mashina jarima maydonchasiga jo‘natildi. O‘quvchining ota-onasi qanday jazoga tortilgani ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bolalarning avtomobil boshqarishiga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Prezident maktab o‘quvchilarining avtomashinalarni ijaraga olib, ko‘pincha o‘limga olib keladigan baxtsiz hodisalarga sabab bo‘layotgani muammosiga e’tibor qaratdi.
Izohlar