Toshkent viloyatida kadastr agentligi xodimi pora bilan qo‘lga olindi
Erkak mahalliy aholi vakillaridan biri o‘zboshimchalik bilan egallab olgan uchastkani rasmiylashtirishga va’da bergan.

Toshkent viloyatida Kadastr agentligi boshqarmasi kadastr muhandisi 1200 dollar evaziga kerakli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 2024-yilda qabul qilingan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun doirasida mahalliy fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olgan 9 sotix yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani hamda ushbu uchastkada uy-joy qurish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni pul olayotgan vaqtda qo‘lga olgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) va 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi xodimi katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi. Erkak bankrot bo‘lgan zavod faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga va’da bergan.
Izohlar