Hodisa

Toshkent viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari giyohvand moddalarning katta partiyasini fosh qildi

Moddalar mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan, jinoyatga aloqador shaxslarni qidirish boshlangan.

Фото: Ситуативное

Toshkent viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari narkokuryerlar tomonidan yashirin joyda qoldirilgan giyohvand moddalarni topdi, deb yozadi O‘zA.

Voqea Zangiota tumanida sodir bo‘lgan. Maxfiy joyda ilgari narkokuryerlar tomonidan qoldirilgan umumiy og‘irligi 4 kilogramm 956 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik moddasi solingan 10 ta o‘ram topilgan. Topilma xolislar ishtirokida rasmiylashtirildi. Ma’lum qilinishicha, bunday turdagi giyohvandlik vositalari mamlakatga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kiriladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, xuddi shuningdek ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishiga aloqador shaxslarni aniqlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda millat genofondi giyohvand moddalardan himoya qilinishi haqida xabar berilgan edi. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi loyihasi davlat rahbari tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная