Toshkent viloyatida hokimlik xodimi fuqaroga pora evaziga xonadon rasmiylashtirib berishni va’da qildi
Erkak o‘zining “beg‘araz yordami”ni 18 500 dollarga baholagan.

Toshkent viloyatida Ohangaron shahar hokimligi bo‘lim boshlig‘i mahalliy fuqaroga hokimlik ro‘yxatida turishi kerak bo‘lgan xonadonni pora evaziga berishni va’da qilib, qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, amaldor mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uning nomiga hokimlik balansida bo‘lishi kerak bo‘lgan uch xonali kvartirani rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Erkak buni sud tizimidagi tanishlari yordamida amalga oshirishi mumkinligini tushuntirdi.
Amaldor o‘z yordamini “beg‘araz” deb taqdim etdi, biroq u kvartira narxini 15 ming dollarga kelishib oldi, shuningdek, “sud organlaridagi tanishlari” uchun yana 3500 dollar talab qildi, shu tariqa umumiy summa 18 500 dollarni tashkil etdi. Tartib posbonlari erkakni oldindan 9500 dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olishgan.
Huquq-tartibot idoralari mansabdorga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Shuningdek, erkak qamoqqa olingan.
Avvalroq Xorazmda FVBning ikki xodimi firibgarlik va pora bilan qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Mas’ul xodimlar haydovchilik guvohnomasi va ish bilan ta’minlashda yordam berishga va’da bergan.
Izohlar