Toshkent viloyatida fuqaroning molxonasi yonib ketdi
Bino tomining katta qismi shikastlangan, qurbonlar yo‘q.

Toshkent viloyatida fuqarolardan birining molxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Hodisa Yangiyo‘l tumani “Qo‘shtepa” MFY Yakkatol ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida tuman FVB navbatchilik qismiga soat 19:40 larda xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 19:57 da voqea joyiga yetib borib, soat 20:02 da yong‘in qurshab olingan. Yong‘in soat 20:40 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida chorva mollari saqlanadigan omborxonaning 70 kv.m maydonda tomi yonib zararlangan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan.
Eslatib o‘tamiz, “Uch qahramon” bozoridagi yong‘in oqibatida yetkazilgan zarar 74 mlrd so‘mga baholangan edi. Buning oqibatlarini bartaraf etish uchun yuzlab tadbirkorlarga ikki oy davomida bepul savdo joylari ajratiladi.
Izohlar