Ijtimoiy tarmoqlarda erkak o‘z itini o‘ldirib, keyin uni go‘shtga bo‘lib tashlagani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, videoyozuv 2025-yil sentyabr oyida olingan. Itning egasi Yangiyo‘l shahrining “Sabo” mahallasida yashovchi 27 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni qo‘lga olgan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. U BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga tortilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda chorvaga hujum qilgan bo‘rini cho‘pon o‘ldirgandi. Yovvoyi hayvon qo‘riqlanadigan turlar qatoriga kirardi.





















