Toshkent viloyatida Damas va Cobalt avtomobillari ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida uch kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent viloyatida 8-iyul kuni Damas va Cobalt avtomobillari ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.
Hodisa ertalab soat 09:00 atrofida Piskent tumani hududidan o‘tuvchi Olmaliq va Piskent tumanlarini bog‘lovchi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 14-kilometrida sodir bo‘lgan. Damas va Cobalt avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida 3 nafar yo‘l harakati qatnashchisi turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda yirik YTH sodir bo‘lgandi, jabrlanganlar bor. Lacetti haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Izohlar