Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 30-ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chasida tarbiyachilar nogironligi bo‘lgan bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hodisaga izoh berdi.
Tekshiruv davomida tarbiyachilarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, ular ishdan bo‘shatildi. Shuningdek, bolalar ombudsmani va huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirokida ota-onalar va tarbiyachilar bilan tushuntirish suhbatlari o‘tkazildi.
Ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chasi binosi hozirda ta’mirlanmoqda, shu sababli tarbiyalanuvchilar qo‘shni bog‘chaga vaqtincha joylashtirilgan, voqea aynan shu bog‘chada sodir bo‘lgan, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv maktablar paydo bo‘ladi. Chora-tadbirlar hukumat qarori bilan belgilangan.

























