Toshkent viloyatida amaldor va huquq-tartibot idorasi xodimi katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi
Jinoyatchilar fuqaroga pul evaziga jinoyat ishi bilan bog‘liq masalani hal qilishga yordam berishni va’da qilgan.

Toshkent viloyatida DXX xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tuman bo‘limi boshlig‘i va Bekobod shahar bo‘limi katta tezkor xodimini pora bilan qo‘lga oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olinganlar to‘rtta kompaniyaning norasmiy rahbariga nisbatan 184-modda (Soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini hal qilishda yordam berishni va’da qilgan. Bundan tashqari, ular Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan ikkita korxonada o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijalarini noqonuniy deb topishga va’da bergan.
Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, xodimlar ilgari ushbu kompaniyalarning norasmiy rahbaridan jinoiy ish bo‘yicha soliq tekshiruvi doirasida aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish uchun 108 ming dollar olgan. Davlat xizmatchilari yana 25 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan.
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkaklar qamoqqa olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatida hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga olingandi. Davlat xizmatchisi allaqachon ijaraga berilgan yerni rasmiylashtirishda yordam berish orqali boyimoqchi bo‘lgan.
Izohlar