Toshkent viloyatida 19 yoshli homilador ayolning o‘limi bo‘yicha akusher-ginekolog qamoqqa olindi
Qamoqdan chiqqandan so‘ng u yana kasalxonada ish boshlashi mumkin.

Toshkent viloyatida jinoyat ishlari bo‘yicha sud 19 yoshli homilador qizning o‘limi haqidagi ishni ko‘rib chiqdi, deb xabar bermoqda Millar.
Aniqlanishicha, bemorning sog‘lig‘i to‘liq o‘rganilmasdan unga dori vositasi yuborilgan va bu o‘lim holatiga olib kelgan.
“Bizdan tilxat olmoqchi bo‘lishdi. Uni operatsiyaga olib ketishayotganini aytishdi. U tug‘ruqxonaga barqaror holatda kelgani va biz jarrohlik amaliyotini rejalashtirmaganimiz uchun g‘azablana boshladim. Bunga javoban, bola yettinchi oyda tug‘ilishini aytib, meni tinchlantirishdi. Operatsiya xonasiga kirganimda ular qizimning yuragini ishga tushirishga harakat qilishayotgan edi”, — deydi marhumaning onasi.
Sud akusher-ginekologni 116-modda 4-qismi “b” bandi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, ehtiyosizlik orqasida og‘ir oqibatlarga olib kelish) bilan aybdor deb topdi. Unga 3 yil muddatga sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilib, 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
17-noyabr kuni 19 yoshli qiz 30 haftalik homiladorlik paytida mahalliy shifoxonaning tug‘ruq bo‘limiga siydik yo‘llari infeksiyasi va uchinchi darajali semizlik tashxisi bilan yotqizilgan. 20-noyabr kuni reanimasion muolajalarga qaramay, shifokorlar soat 17:50 da o‘lim holatini qayd etgan.
Izohlar