Toshkent tumanlaridan birida ta’mirlash ishlari tufayli chiroq o‘chdi
Iste’molchilarga ta’mirlash ishlari belgilangan muddatdan oldin tugashi mumkinligi aytildi.

28-may kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi, deb xabar berdi HET axborot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, rejalashtirilgan taʼmirlash ishlarini mutaxassislar amalga oshiradi. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 16:00 gacha quyidagilar elektrsiz qoldirildi:
- “Shukur Burhonov”, “Alisher Navoiy”, “Sultoniya” va “Podshobog‘” mahallalari.
Iste’molchilarga ta’mirlash ishlari ertaroq yakunlanishi mumkinligi aytilib, uzr so‘raldi.
Avvalroq o‘zbekistonliklarga quyosh panellaridan olingan ortiqcha elektr energiyasi uchun milliardlab pul to‘langani xabar qilingandi. Davlat aholidan qariyb 12 million kilovatt-soat energiya olgan.
Izohlar