Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
Elektr ta’minoti deyarli kun bo‘yi o‘chiriladi.

31-may kuni Toshkentning Shayxontohur tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi.
Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Shayxontohur tumani: soat 06:00 dan 20:00 gacha “Suzuk ota”, “Kamolon”, “Samarqand darvoza” va “Katta bog‘” mahallalarida.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Avvalroq o‘zbekistonliklarga quyosh panellaridan olingan ortiqcha elektr energiyasi uchun milliardlab pul to‘langani xabar qilingandi. Davlat aholidan qariyb 12 million kilovatt-soat energiya olgan.
Izohlar