Hodisa

Toshkent markazida yirtqich chiyabo‘ri ko‘zga tashlandi

Yovvoyi hayvon mushuklarga hujum qilib, fuqarolarni qo‘rqitishga ulgurdi.

20-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri markazidagi Darxonada yirtqich chiyabo‘ri ko‘rib qolingani haqida xabar tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chiyabo‘rini Darxon ko‘chasida ko‘rib qolishgan. Ekofaollarning ta’kidlashicha, hayvon allaqachon mushuklarga hujum qilib, aholini qo‘rqitishga ulgurgan. Yirtqich nima uchun poytaxt markaziga kelib qolgani hozircha noma’lum. Ehtimoliy sabablar: qurilish uni tabiiy muhitdan siqib chiqargan yoki u xususiy hayvonot bog‘idan qochib ketgan.

Fuqarolardan vahimaga tushmaslik, hayvonga yaqinlashmaslik va uni tutib, shahar tashqarisiga qo‘yib yuboradigan mutaxassislarni kutish so‘ralgan. Shu bilan birga, mas’ul organlar hozircha hodisaga izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda quturgan buqa kushxonadan qochib ketib, bir kishini jarohatlagan va YPX mashinasiga zarar yetkazgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari atrofdagi odamlarga tahdid qilgani uchun hayvonni zararsizlantirishga majbur bo‘lishdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная