Toshkent hayvonot bog‘ida mehmon emuni gazeta parchasi bilan ovqatlantirdi — video
Xodimlar erkakka tanbeh berishgan, biroq u buni e’tiborsiz qoldirgan va xulq-atvor qoidalarini buzgani uchun zooparkdan chiqarib yuborilgan.

21-sentyabr kuni Toshkent hayvonot bog‘ida tashrif buyuruvchilardan biri emani gazeta parchasi bilan ovqatlantirdi, deb xabar bermoqda hayvonot bog‘i matbuot xizmati.
Wildlife Care boshqaruv kompaniyasi direktori o‘rinbosari tanbeh berdi. Biroq erkak, afsuski, vaziyatga jiddiy yondashmadi va shunchaki nari ketdi. Xulq-atvor qoidalarini buzganliklari uchun tashrif buyuruvchilarni hayvonot bog‘idan olib chiqishga to‘g‘ri keldi.
Ayni paytda emu veterinarlar nazorati ostida. Zarur tekshiruvlar o‘tkazilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Barcha hayvonlar, shu jumladan emu ham, belgilangan ratsionga qat’iy rioya qilgan holda oziqlantiriladi. Emuni har qanday oziq-ovqat mahsulotlari yoki begona narsalar bilan boqish qat’iyan man etiladi. Hayvonot bog‘i hududida sotiladigan maxsus ozuqa emu uchun mo‘ljallanmagan, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilardan uydan sabzavot va mevalar olib kelmaslik alohida so‘raldi. Ular laboratoriya tekshiruvidan o‘tmaydi va hayvonlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent hayvonot bog‘idan Gosha laqabli grif “qochib ketgan”. Qochoq iziga tushib, qadrdon qafasiga qaytarildi.
Izohlar