Tokioda O‘zbekiston fuqarolaridan iborat qaroqchilar to‘dasi qo‘lga olindi — video
Erkaklar odamlarga hujum qilib, sumkalar, hamyonlar va telefonlarni o‘g‘irlagan.

Tokioda O‘zbekiston fuqarolaridan iborat qaroqchilar to‘dasi qo‘lga olindi; Ulardan to‘rt nafari noqonuniy ravishda Yaponiyada bo‘lgan, deb xabar beradi SVTV.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 30 dekabr kuni jinoyatchilar uch nafar xorijlik fuqaroga hujum qilib, shundan so‘ng umumiy qiymati qariyb 210 ming iyen (taxminan 18 million so‘m) bo‘lgan sumka va hamyonlarni o‘g‘irlab ketishgan. Qaroqchilar qurbonlardan birining yuziga tepgan. Hibsga olinganlarning barchasi taxminan 20 yoshda.
Maʼlum qilinishicha, oʻzbekistonliklar avgustdan fevralgacha oʻgʻirlangan kredit kartalari bilan sotib olingan smartfonlarni qayta sotish orqali qariyb 8 million iyen (taxminan 714 million soʻm) ishlab topgan. Guruhning taxminiy yetakchisi advokat bilan uchrashmaguncha ko‘rsatma berishdan bosh tortmoqda. Qolganlari ayblovlarni rad etadi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada o‘zbekistonlik yigit o‘tkinchini zo‘rlagandi. Gumonlanuvchi o‘z qilmishlarida zo‘ravonlik bo‘lmaganini aytib, aybini tan olmagan.
Izohlar