TIV mojaro keskinlashgani sababli Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
Fuqarolarga bir nechta tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Eron va Isroildagi vatandoshlarga bir qancha maslahatlar berdi.
Vazirlik fuqarolarga quyidagilarni qat’iy tavsiya qildi:
- harbiy va boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslik, ularni suratga olmaslik va videotasvirga olmaslik;
- odamlar gavjum bo‘ladigan joylardan uzoqroq yurish;
- mahalliy hokimiyat organlarining ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish va zarur hollarda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga borish.
Zarur hollarda mamlakatning Eron va Isroildagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilish mumkin. O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi bilan bog‘lanish uchun ma’lumot:
- telefon: +98 (21) 22299780, 22832025;
- elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bilan bog‘lanish uchun ma’lumot:
- telefonlar: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076;
- shoshilinch savollar uchun: +972 (54) 485-1397;
- elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz.
Mavzuga doir: Yaqin Sharqdagi mojaro O‘zbekistonga ham ta’sir qiladi — Shavkat Mirziyoyev Davlat rahbari keskinlik davom etsa, pandemiyadan keyin endigina tiklanayotgan savdo aloqalari qiyinlashishini aytdi.
Izohlar