12-yanvar kuni Termizda 22 yoshli yigit 16 qavatli binoning tomidan sakrab, o‘z joniga qasd qildi.

Surxondaryo viloyati prokurori bosh yordamchisining ma’lum qilishicha, voqea Bog‘ishamol mahallasida sodir bo‘lgan, voqea tafsilotlari aniqlanmoqda. Prokuratura tergovga qadar tekshiruvni boshlagan, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, ish nazoratga olingan.

Departament tekshiruv yakunlanmaguncha tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi, — dedi prokuror yordamchisi.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda bir qiz ko‘prikka chiqib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgandi. Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelib, fuqaroni tushirishgan, prokuratura tekshiruv boshlagan.