Hodisa

TDIU o‘qituvchisi pul evaziga o‘qishga kirishga yordam berishni va’da qildi

DXX xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentidagi hamkasblari bilan birgalikda poraxo‘rni qo‘lga oldi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisi pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir DXX Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Kafedra o‘qituvchisi fuqaroga go‘yoki uning «ta’sirli aloqalari» orqali OTMga o‘qishga kirishiga yordam berishni va’da qilib, buning evaziga 4 ming dollar olgan.

Xuddi shunday holat Farg‘onada ham qayd etilgan. FarDU o‘qituvchisi boks bo‘yicha sport unvoni to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab, talabani harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3,8 ming dollar olgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tezkor aralashuvi bilan ikkala bitim ham to‘xtatildi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная