12-yanvar kuni Tailandda politsiya Pxuket mashhur kurort orolidagi restoranda 16 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan 37 yoshli O‘zbekistonlik sayyohni qo‘lga oldi. Bu haqda Khaosod mahalliy ommaviy axborot vositasi xabar bermoqda.
Ta Chatchay uchastkasi politsiyasi xodimlarining ma’lum qilishicha, shanba kuni soat 22:35 da ularga xorijlik sayyoh orolning xalqaro aeroporti yaqinidagi Pxuket shimolidagi qirg‘oq zonasida joylashgan May-Kxao shahridagi Golden Cat restoranida voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgan.
Gumonlanuvchi voqea paytida restoranda qo‘lga olindi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, restoran xodimlari va mijozlar uni ofitserlar kelguniga qadar ushlab turishgan. Jabrlanuvchining ko‘rsatmalariga ko‘ra, soat 22:20 atrofida u restoran hojatxonasidan chiqayotganda, erkak uning yo‘lini to‘sib, ichkariga sudrab kirgan va ko‘kragiga teggan. U yordam so‘rab qichqirdi, shundan so‘ng xodimlar va tashrif buyuruvchilar aralashishdi.
Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgan va keyingi tergov uchun Ta Chatchay uchastkasiga olib borgan. Unga jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilmoqda, — deyiladi politsiya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, AQShda o‘zbekistonlik noqonuniy muhojir qo‘lga olingandi. Yo‘l-transport hodisasidan so‘ng erkak politsiya qo‘liga tushgan, uning yonida beshta haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan.























