Tailandda O‘zbekistonda xalqaro qidiruvga berilgan jinoyatchi topildi
Erkak tergov harakatlarini davom ettirish uchun vataniga qaytarilgan.

Interpolning Toshkent va Bangkokdagi Milliy markaziy byurolari sa’y-harakatlari bilan qidiruvdagi jinoyatchi O‘zbekistonga deportatsiya qilindi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Erkak juda katta miqdordagi firibgarlik uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi Tailandda tergovdan qochib ketgan. Ikki davlat Interpollarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan erkak topilgan, hibsga olingan va keyingi tekshiruvlar uchun vataniga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, Interpol qidiruvida bo‘lgan jinoyatchilar AQSH va Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarilgandi. Erkaklar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda. Ular Interpol Milliy markaziy byurosi va IIB xodimlariga keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun topshirilgan.
Izohlar