Surxondaryoda poyezd vagoni ostida mamlakatga yuzlab gramm afyun olib kirishga urinishdi
Giyohvand modda solingan o‘ram tarkibning borish qiyin bo‘lgan joyiga yashirildi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryoda bojxona xodimlari poyezd vagoni ostiga qariyb 200 gramm giyohvand modda yashirishga urinishni fosh qildi, deb xabar bermoqda DBQ matbuot xizmati.
Voqea “Ayritom” bojxona postida sodir bo‘lgan. Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, poyezd vagonlaridan birining ostida qo‘l yetishi qiyin bo‘lgan joyda polietilen o‘ram yashirilgan.
O‘ram ochilganda unda o‘ziga xos o‘tkir hidli va to‘q jigarrang tusli modda borligi aniqlandi. Ekspertiza ushbu modda og‘irligi 195 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasi ekanligini tasdiqladi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda maktab o‘quvchilari uylarning devorlariga giyohvand moddalar reklamasi tushirilgan graffiti chizayotganda qo‘lga olingandi. O‘smirlarning so‘zlariga ko‘ra, ular rasmlar taqiqlangan moddalar bilan bog‘liqligini bilishmagan.
Izohlar