Surxondaryoda o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi — video
Ikki avtomobil shiddatli tezlikda qarama-qarshi yo‘nalishda to‘qnashib ketdi.

20-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi haqida xabar tarqaldi. Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi .
Ma’lum bo‘lishicha, 19-oktyabr kuni soat 09:40 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi D-162 (4R-104) avtomobil yo‘lining 7-kilometrida sodir bo‘lgan. Yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan Cobalt avtomobili Nexia-2 bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Nexia-2 avtomobili yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada O‘zbekiston, Tojikiston va Turkiya ishchilari bo‘lgan avtobus dahshatli YTHga uchradi. To‘qnashuvdan so‘ng transport vositasi yo‘ldan chiqib ketgan va ag‘darilgan, o‘nlab fuqarolar jarohatlangan.
Izohlar