Hodisa

Surxondaryoda ko‘chada tovarlar saqlanadigan ayvon ostida yong‘in chiqdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Фото: ситуативное

8-dekabr kuni Sirdaryo viloyatida ichkarida tovarlar bo‘lgan ayvon yonib ketdi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Soat 21:21 da Angor tumani Yangi turmush mahallasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida 112 tezkor xizmatiga xabar kelib tushgan. Markaz ko‘chasidagi bostirma ostida aralash mahsulotlar yonib ketdi. Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:26 da yetib borgan. Yong‘in o‘chog‘i to‘rt daqiqadan so‘ng – soat 21:30 da qurshab olingan va soat 22:00 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari mulkning asosiy qismini saqlab qolish va yong‘inning qo‘shni binolarga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini berdi. Yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli bino yonib ketgandi. Yong‘inni o‘chirish uchun qutqaruvchilarga deyarli bir soat kerak bo‘ldi, hech kim jabrlanmadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная