Surxondaryoda bank xodimi pora bilan ushlandi
Erkak pul evaziga bank mijoziga kredit rasmiylashtirishga yordam berishni va’da qilgan.

Surxondaryo viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari mahalliy bank xodimini pora olayotgan paytda qo‘lga olishdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 ming dollar va 1,3 mln so‘m evaziga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruv xodimi Sho‘rchi tumanida yashovchi fuqaroga 17 mlrd so‘m kredit ajratish masalasini hal qilishda yordam berishni va’da qilgan. Jabrlanuvchi aynan shunday so‘rov bilan bank bo‘limiga murojaat qilgan.
Biroq gumonlanuvchi “Elektron baholash” tizimi xulosasi bo‘yicha garovga qo‘yilishi lozim bo‘lgan bino yetarli qiymatga ega emasligiga ishontirib, masalani hal qilish uchun pul talab qilgan. Natijada tartib posbonlari uni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olishgan.
Erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent viloyatida shahar hokimi yordamchisi katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi. Erkak fuqaroga pul evaziga uni viloyat ekologiya boshqarmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan.
Izohlar