Hodisa

Sirdaryoda quduqni tozalashga uringan uch kishi halok bo‘ldi

Erkaklar quduqda to‘plangan gazdan zaharlangan.

Sirdaryoda quduqni tozalashga uringan uch kishi halok bo‘ldi

22-may kuni Surxondaryo viloyatida besh kishi quduqni tozalashga qaror qildi, ulardan uch nafari vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura NOVA24`ga ma’lum qildi.

Voqea Sayxunobod tumani “Do‘stlik” mahallasida sodir bo‘lgan, 67 yoshli erkak quduqni tozalash uchun chuqurligi 5 metr bo‘lgan quduqqa tushgan. Quduqda to‘plangan zaharli gazlar tufayli erkak hushini yo‘qotgan, uning 39 yoshli o‘g‘li va 46 yoshli qo‘shnisi uni qutqarishga harakat qilishgan.

Ular quduqqa tushib, gazdan zaharlanib vafot etgan. 25 va 49 yoshli yana ikki tanishi ularga ergashib, hushidan ketgan. Viloyat FVB xodimlari uch nafar halok bo‘lganlarning jasadini olib chiqdi, yana ikki nafari kasalxonaga yotqizildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xorazmda benzin ortilgan sisternada bir yigit halok bo‘lgandi. Yigit rezervuar ichini tozalash vaqtida yoqilg‘i qoldiqlaridan zaharlangan.

Izohlar

Mavzuga oid