Sirdaryoda qiz yigitining xiyonatidan xabar topib, uni pichoqlamoqchi bo‘ldi
Sudda jabrlanuvchi ayblanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyatida qiz rashk tufayli yigitini pichoqlamoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.
Voqea Gulistonda sodir bo‘lgan, 19 yoshli qiz sevgilisining xiyonatidan xabar topib, uni pichoqlamoqchi bo‘lgan. Qiz qo‘liga pichoq olib, sevgilisining badaniga ikki marta urdi. Yigit shifokorlarning o‘z vaqtida ko‘rsatgan yordami tufayli omon qolgan.
U Jinoyat kodeksining 97-25-moddasi (Aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ldirishga suiqasd qilish) 2-qismi bilan aybdor deb topildi. Sud jabrlanuvchining ayblanuvchiga da’vosi yo‘qligini hisobga oldi. U 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida mast ayol rashk tufayli tanishini pichoqlab o‘ldirgandi. Ayblanuvchi sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Izohlar