Sirdaryoda mast erkak pensioner otasini haqorat qilib, urib, uydan haydab yubordi
Ayblanuvchi besh sutkaga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sirdaryoda otasini haqorat qilib, uydan haydab chiqargan shaxsga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.
Hodisa Xovos tumanida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, ota va o‘g‘il o‘rtasida avval ham janjal bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni erkak do‘stlari bilan choyxonaga borib, u yerda spirtli ichimlik ichgan. Keyinroq u mast holda uyiga qaytib, pensionerga baqirib, uni haqorat qilib, ko‘chaga haydab yuborgan.
U uyga kelib, menga tashlandi. Avvaliga urmoqchi bo‘ldi, urishga ham ulgurdi. Ertalab soat to‘rtgacha ko‘chada o‘tirdim, — deydi pensioner.
Voqeadan so‘ng, pensioner huquq-tartibot idoralariga yordam so‘rab murojaat qilgan. Sudda ayblanuvchi mast bo‘lganini aytib, jazoni yengillashtirishni so‘radi. U 183-modda (Mayda bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topildi. Erkakka 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi texnikumlardan birida nogironligi bo‘lgan bola ayovsiz kaltaklangan edi. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Izohlar