Hodisa

Sirdaryoda Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtobus bilan YTH sodir etdi, bir kishi halok bo‘ldi — video

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi rulda uxlab qolgan.

29-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda yuk mashinasi bilan sodir bo‘lgan dahshatli YTH videosi tarqaldi. Sirdaryo viloyati YHXB holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 19-iyun kuni soat 5:40 da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-373 avtomobil yo‘lining 116 km qismida sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak uxlab qolgan.

Oqibatda ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan Yutong rusumli avtomobil Lacetti rusumli avtomobilga borib urilgan. YTHda Lacetti avtomobili yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda ikki o‘zbekistonlik dahshatli yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgandi. Yirik yo‘l-transport hodisasida uchta avtomobil to‘qnashib ketgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная