Hodisa

Sirdaryoda davlat advokati katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi

Erkak mahbusga sudda ishning “ijobiy” hal qilinishini va’da qilgan.

Sirdaryo viloyatida DXX xodimlari advokatni katta miqdordagi pora olishda qo‘lga tushirdi, deb xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

Erkak xizmat mavqeidan foydalanib, jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan fuqaroni Xovos tumanidagi tergov hibsxonasidan (8-sonli tergov hibsxonasi) Sirdaryo tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga o‘tkazish va sudda ishni “ijobiy” hal qilish evaziga 5500 AQSH dollari talab qilgan.

Advokat 4500 dollar va 6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, advokat gumonlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik) va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda sobiq soliqchi katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushgandi. Erkak tadbirkorning pul masalasini Soliq qo‘mitasi katta inspektori orqali hal qilishga va’da bergan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная