Hodisa

Shavkat Mirziyoyev Gulistondagi qahvaxonada gaz portlashi oqibatida jabrlanganlar holidan xabar oldi — video

Davlat rahbari hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzishga ko‘rsatma berdi.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi choyxonada gaz portlashi oqibatida jabrlangan fuqarolar bilan birga shifoxonaga bordi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari Sirdaryoga tashrifi chog‘ida shifoxonada bo‘lib, jabrlanganlar holidan xabar oldi, ularning yaqinlari bilan suhbatlashdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash sabablarini aniqlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.

Avvalroq Sirdaryo viloyatidagi kafeda gaz portlab, 29 nafar fuqaro jarohatlangani, 3 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir bemorning salomatligini nazoratga oldi.

Eslatib o‘tamiz, Guliston shahridagi choyxonada gaz balloni portlashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan: huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bir nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatidagi bozorlardan birida choyxonada gaz balloni portlab ketgandi. O‘shanda ijtimoiy tarmoqlarda ehtimoliy o‘lim holatlari haqida xabarlar paydo bo‘lgan, biroq Guliston Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hozircha bunday ma’lumotlar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная