Sanepidqo‘mita Sagbon sosiskalarida qurt paydo bo‘lishi sababini ma’lum qildi
Biznes-ombudsman kolbasa ishlab chiqarish korxonasida rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazdi.

7-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda qaynatilgan sosiska ichidan qurtlar chiqqani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Sagbon kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida biznes-ombudsman tomonidan rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazildi.
Ombudsmanning soʻzlariga koʻra, mahsulot sifatiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanmagan. Korxonada sanitariya me’yorlariga rioya qilinib, go‘sht ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng yetkazib beriladi, tayyor mahsulotlar muzlatgichli omborlarda saqlanadi.
Biroq, hali ham bir qancha kamchiliklar aniqlangan: ba’zi jihozlar markalanmagan, etti nafar xodimning tibbiy daftarchasi yo’q, kiyim-kechak yetkazib berilmagan. Rahbarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Ma`lum qilinishicha, kolbasadan topilgan qurtlar ishlab chiqarish ob`ektidagi qoidabuzarliklar emas, balki do’konda mahsulotni noto’g’ri saqlash natijasida yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryodagi kafelardan birida tandir go‘shtidan qurt topilgandi . Mutaxassislar sinov uchun oziq-ovqat namunalarini oldilar va korxona faoliyatini vaqtincha to’xtatgan.
Izohlar