13-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda ayolning shifoxonada ukoldan so‘ng vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 12-yanvar kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, 1992-yilda tug‘ilgan ayolning o‘limi yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda. O‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bemor vafot etgan xususiy klinika faoliyati to‘xtatilgandi. Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.