Samarqandda YPX xodimi bir nechta avtomobil bilan YTH sodir etdi
Hodisa oqibatida haydovchilardan biri va inspektor jarohatlangan.

9-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda YPX avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Samarqand viloyati IIB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa taxminan soat 14:15 larda Samarqand shahrining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. YPX inspektori Nexia-3 rusumli xizmat avtomashinasini boshqarib ketayotib Damas’ning orqa qismiga borib urilgan. Zarba oqibatida Damas oldinda to‘xtab turgan Damas va Lacetti bilan to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida YPX inspektori va Damas haydovchisi tan jarohati olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator sharoitda davolanishga ruxsat berilgan. Hodisa vaqtida barcha haydovchilar hushyor holatda bo‘lgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda yigit iPhone uchun YPX xodimlari bilan poyga uyushtirgan edi. Nexia-3 haydovchisi o‘g‘irlangan telefon bilan huquq-tartibot xodimlaridan qochib qutula olmagan.
Izohlar