Hodisa

Samarqandda pensioner yo‘lda drift uyushtirishga qaror qildi — video

Yoshi katta erkak to‘y kortejiga qo‘shilgan, u guruh bo‘lib harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan.

Samarqandda pensioner yo‘lda drift uyushtirishga qaror qildi — video

17-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda pensioner yo‘lda drift qilgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyati YHXB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qoidabuzarlik Pastdarg‘om tumani “Qarshiobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. Bir guruh haydovchilar to‘y marosimi vaqtida yo‘nalishni keskin o‘zgartirib, guruh-guruh bo‘lib harakatlangan. Keksa bir kishi guruhga qo‘shilib, yo‘lda drift qildi.

Mazkur qoidabuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (Yo‘l bezoriligi) 10-qismi va 129-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakatlanishida ishtirok etishi) bilan chora ko‘rilgan. Transport vositalari jarima maydonchasiga jo‘natildi.

Eslatib o‘tamiz, Xorazmda haydovchi yo‘ldagi bezoriligi uchun jazolangandi. Erkak drift qilgan va boshqaruv bilan janjallashmagan, endi u haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi va jarimaga tortilishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid